18:35 / 08.01.2023
576

Britaniya razvedkasi: Rossiya Ukraina armiyasining ikki yo‘nalishdagi hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Britaniya razvedkasi: Rossiya Ukraina armiyasining ikki yo‘nalishdagi hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Rossiya harbiy qo‘mondonligi Ukraina Qurolli kuchlarining ikki yo‘nalishda: Lugansk viloyati shimolida yoki Zaporoje viloyatida yirik hujumga o‘tishini kutmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligini harbiy razvedkasi yangi hisobotida aytiladi.

Vazirlikning kundalik hisobotiga ko‘ra, so‘nggi haftalarda rossiyaliklar Zaporoje viloyatida, ayniqsa Vasilevka va Orexov shaharlari o‘rtasida mudofaani kuchaytirgan. Frontning ushbu qismida Rossiya hali ham katta qo‘shinlar guruhini saqlab turibdi.

- Ukraina Qurolli Kuchlarining Zaporoje viloyatidagi yirik yutug‘i Rostov viloyati va Qrimni bog‘laydigan rus «quruqlik ko‘prigi»ning omon qolishini shubha ostiga qo‘ymoqda. Ukraina harbiylarining Luganskdagi muvaffaqiyatli qarshi hujumi esa Rossiyaning «urushdan maqsadi» — Donbassning «ozod qilinishi»ga to‘sqinlik qiladi.

Ushbu tahdidlarning qaysi biriga birinchi bo‘lib qarshi turishni hal qilish, Rossiya operatsion rejalashtiruvchi mutaxassislarining asosiy dilemmalaridan biri bo‘lishi mumkin
, deyiladi Britaniya hisobotida.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo