
Rossiyalik general-polkovnik Aleksandr Lapin mamlakat Qurolli Kuchlarining quruqlikdagi qo‘shinlari Bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda RBK Mudofaa vazirligidagi manbasiga asoslanib xabar berdi.
Avvalroq Ura.ru nashri ham shu xabarni tarqatgandi.
Oktabr oyining oxirigacha Lapin Ukrainadagi urushda Rossiya qo‘shinlarining Markaz guruhining qo‘mondoni vazifasini bajarib kelayotgandi. U Suriyadagi harbiy amaliyotlarda ham qo‘mondonlik qilgan, 2022 yil yozida Putin tomonidan «Rossiya qahramoni» unvoniga loyiq ko‘rilgandi.
Kuzda Ukrainaning Liman shahri yo‘nalishidagi muvaffaqiyatsizlik sabab Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Lapinni keskin tanqid qilib chiqqan va Lapinni «o‘rtamiyona» deya atagandi. Qodirov Lapin o‘z qarorgohini frontdan o‘nlab kilometr uzoqda joylashtirgani va urush jarayonlaridan uzilib qolishda ham ayblagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar