
Foto: Baykar
Turkiyada Baykar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vertikal uchish va qo‘nish xususiyatiga ega dron sinovdan o‘tkazildi.
Harbiy kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Bayraktar uchuvchisiz samolyoti 2,5 km balandlikka muvaffaqiyatli ko‘tarilgan.
Bayraktar DİHA, 8000 feet operasyonel irtifa uçuşu gerçekleştirdi pic.twitter.com/DF50aunLpW
— ANADOLU AJANSI (@anadoluajansi) January 10, 2023
2023 yildayoq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan dron avtonom va yarimavtonom parvozlar, shuningdek, avtonom uchish va qo‘nish xususiyatiga ega.
Yangi dron Turkiya dengiz flotining flagmani TCG Anadolu desant kemasiga joylashtiriladi.
Dron monitoring va razvedka ma’lumotlarini yig‘ish vazifasini ham bajarishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar