06:00 / 21.01.2023
258

Turkiyada pult bilan boshqariladigan 360 darajaga aylanuvchi uy qurildi

Turkiyada pult bilan boshqariladigan 360 darajaga aylanuvchi uy qurildi
Foto: DHA Photo
Turkiyaning Rize provinsiyasi Ardeshen tumanida yashovchi tadbirkor Jemil Eksilmez 360 daraja aylanadigan ikki qavatli uy qurdi. Bu haqda Daily Sabah xabar berdi.

Yog‘och uyning prototipi masofadan boshqarish pulti yordamida 360 gradusga aylanishi mumkin. Uyga ko‘plar qiziqish bildirgan, may oyida xuddi shunday yashash joylari qurilishi boshlanadi.

«Biz har doim zilzila va ko‘chkilar kabi topografiyamiz tufayli boshimizdan kechirgan muammolarni hal qilishga harakat qildik. Uyda endi quyosh nuri tushmaydigan xonalar qolmaydi, chunki biz loyihalashtirgan uy aylana oladi. Bir yillik mehnatdan so‘ng uyning og‘irligi, zilzilaga chidamliligi sinovdan o‘tkazilib, muvofiqlik sertifikati olindi», — deya tushuntirdi u.

Hududda relef va ob-havo sharoiti tufayli uy qurish qiyinligini ta’kidlagan tadbirkor, aylanma uy Yevropa standartlariga mos ravishda tizim bilan qurilganini aytdi. Suv va elektr uyning aylanishiga moslashtirilganini tushuntirdi.

«Biz o‘rtada suv va elektr energiyasi ta’minlanadigan markaziy tizimni yaratdik. Uyning o‘zi taxminan 45 tonnani tashkil qiladi. Ammo binoni aylantiruvchi mexanizm 70 tonna og‘irlikni ko‘tarishga qodir», — deydi Eksilmez.

Shuningdek, u uyni mijozning xohishiga ko‘ra statik hisob-kitoblar bilan kichraytirish yoki kattalashtirish mumkinligini qo‘shimcha qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo