Turkiyada kuchli zil zila paytida bolalarni quchoqlab qutqarib qolgan bog‘cha xodimlari e’tibor markazida

1 daqiqa o'qish320
Turkiyada kuchli zil zila paytida bolalarni quchoqlab qutqarib qolgan bog‘cha xodimlari e’tibor markazida

Turkiyaning Shanliurfa viloyatida yuz bergan 5,4 magnitudali zilzila vaqtida bog‘cha xodimlarining harakati kuzatuv kameralariga muhrlandi. Tarbiyachilar kuchli silkinish paytida bolalarni himoya qilishga shoshildi. Zilzila to‘xtagach esa ularni binodan xavfsiz joyga olib chiqdi.

24 sentyabr kuni Shanliurfa viloyatining Karako‘pru tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Shu paytda mahalliy bog‘chalardan birida bo‘lgan tarbiyachilar darhol bolalar yoniga borib, ularni asrashga harakat qilgan.

Kuzatuv kamerasiga tushgan tasvirlarda xodimlarning silkinish vaqtida bolalarni himoya qilish uchun qilgan harakatlari aks etgan.

Zilzila to‘xtagach, bog‘cha xodimlari bolalarni binodan olib chiqib, xavfsiz hududga evakuatsiya qilgan. Bog‘chadagi kuzatuv kamerasi tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilik e’tiborini tortdi. Videolarda xodimlarning favqulodda vaziyatda bolalarni himoya qilishga qaratilgan harakatlarini ko‘rish mumkin.

Ushbu voqea favqulodda vaziyatlarda bog‘cha xodimlarining tayyorgarligi va bolalar xavfsizligini ta’minlash qanchalik muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?