date
views 483

«Vagner» Rossiya qamoqxonalaridan yana mahbuslarni yollashni boshladi

«Vagner» Rossiya qamoqxonalaridan yana mahbuslarni yollashni boshladi
Foto: TASS
Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) mahbuslarni Ukrainadagi urushga yollash uchun yana koloniyalarni aylanib chiqishni boshladi, deb yozdi «Mediazona».

Biroq, endi XHK egasi, milliarder Yevgeniy Prigojin shaxsan koloniyalarga bormayapti, balki qo‘l ostidagilarni yubormoqda.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, urushga yollashning birinchi to‘lqinidan so‘ng, Ukrainaga otlanishga tayyor mahkumlar soni sezilarli darajada kamaygan. Agar ilgari bir necha yuzlab mahbuslar «Vagner» tarkibiga qo‘shilgan bo‘lsa, endi ularning soni bir necha o‘nlab odamlarga teng.

«Mahbuslar endi afv etilishiga ishonmay qo‘yishdi, avval yollanganlar bilan suhbat natijasida urush hududida o‘lim xavfi juda yuqori ekanini bilib olishgan», deb ta’kidlaydi nashr.

«Mediazona» xabariga ko‘ra, yaqin kelajakda yollovchilar ko‘proq mahbusni jalb qilish maqsadida Ukrainada jang qilgan sobiq mahbuslarni tashviqot uchun koloniyalarga olib borishni rejalashtirmoqda.

Koloniyadagi mahbuslardan birining aytishicha, endi xorijliklar «Vagner» safiga jalb qilinmayapti. Chunki ular o‘z vatanida javobgarlikka tortilishi mumkin. «Ya’ni, avval Rossiya pasporti va’da qilingan bo‘lsa, hozir unday gaplar yo‘q», dedi u.

«Vagner» XHK tarkibidagi jangchilar soni haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. AQSH ma’lumotlariga ko‘ra, guruhning 50 mingga yaqin a’zosi bor, ularning 40 mingini mahbuslar tashkil etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Vagner» Rossiya qamoqxonalaridan yana mahbuslarni yollashni boshladi