Turkiya prezidenti tabiiy ofat hududiga keldi

1 daqiqa o'qish391
Turkiya prezidenti tabiiy ofat hududiga keldi
Foto: Twitter / AK Parti
Prezident zilziladan jabrlanganlarga moddiy yordam ko‘rsatilishi, Antalya hamda boshqa xavfsiz hududlardagi mehmonxonalardan joy berilishini ma’lum qilgan. Zilzila ro‘y bergan hududlarda yil davomida yangi uylar qurib beriladi.

Turkiyada zilzila qurbonlari soni 8574 nafarga yetgan, 49133 kishi yaralangan. Bu haqda tabiiy ofatdan eng jabr ko‘rgan Qahramonmarash viloyatiga kelgan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

Turkiya prezidenti tabiiy ofatdan jabrlangan 10 viloyatda bir yil ichida yangi uylar qurib berilishini va’da qildi. Erdo‘g‘an hukumat Antalya, Alanya va Mersindagi mehmonxonalar bilan boshpanasini yo‘qotgan fuqarolarni joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishganini qo‘shimcha qildi.

Prezident barcha jabrlanuvchilarga 10 ming lira (530 dollar) miqdorida yordam puli to‘lanishini ma’lum qilgan.
Turkiya prezidenti tabiiy ofat hududiga keldi
6 fevral kuni Turkiya janubidagi Qahramonmarash viloyati hududida, soat 4:17 da o‘chog‘i 7 km chuqurlikda joylashgan 7,7 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Yer silkinishidan jami o‘nta viloyat jabrlangan. Bu hududlarda uch oy muddatga favqulodda holat e’lon qilingan.

Zilzila oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan, jumladan O‘zbekiston FVV bo‘linmalari ham Turkiyaga yetib borgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, kamida to‘rt nafar o‘zbekistonlik xarobalar ostidan qutqarilgan, O‘zbekistonning bir fuqarosi tabiiy ofat qurboniga aylangan.

Zilzila Suriyaning shimoliy hududlariga, jumladan Lataqiya va Halabga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Suriya sog‘liqni saqlash vazirligi kamida 1262 kishi halok bo‘lgani va 2,3 mingdan ortiq kishi jabrlanganini xabar qilgan. Al Jazeera esa rasmiy Damashq tomonidan nazorat qilinmaydigan, muxolifat kuchlari nazoratidagi hududda 1400 kishi halok bo‘lib, 2,7 mingdan ortiq kishi jarohat olgani haqida xabar bergan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?