06:00 / 26.02.2023
282

Turkiya razvedka idorasi: Istanbul terakti tashkilotchisi yo‘q qilindi

Turkiya razvedka idorasi: Istanbul terakti tashkilotchisi yo‘q qilindi

Turkiya milliy razvedka idorasi (MİT) Istanbulda uch oy avval sodir etilgan qonli terakt tashkilotchisi Xalil Menji yo‘q qilingani haqida xabar berdi. YPG guruhi a’zosi bo‘lgan shaxs joriy yil 22 fevral kuni Suriya shimolida amalga oshirilgan operatsiya davomida o‘ldirilgan.

Turkiya maxsus xizmatiga ko‘ra, Xalil Menji Istanbulda qo‘poruvchilik harakati sodir etish uchun Ahlam Albashir va Bilol Hasan ismli ikki shaxsni yuborgan. A.Albashir qo‘lga olingan, B.Hasan esa xorijga qochishga muvaffaq bo‘lgan. Teraktdan keyin YPG guruhi Xalil Menjini kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlab kelgani aytilmoqda.

2022 yil 13 noyabr kuni Istanbulning Istiqlol ko‘chasida uyushitirilgan qo‘poruvchilik harakati oqibatida 6 kishi vafot etgan, 81 kishi yaralangan. Mamlakat ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, tergov-surishtiruv hujum izlari Suriyaga olib borishini ko‘rsatgan.

Turkiya rahbariyati ko‘pdan buyon PKK, PYD va YPG guruhlari mamlakat va mintaqa tinchligiga tahdid solayotganini aytib keladi.

PKK (Kurdiston ishchi partiyasi) mamlakatda va xorijda yuzlab begunoh inson hayotiga zomin bo‘lgan. Boshboshdoqlik hukm surayotgan Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh kattagina hududini PYD (Demokratik ittifoq partiyasi), YPG (Xalq mudofaasi otryadlari) egallagan. Rasmiy Anqara PKK tashkilotining qo‘sh qanoti sanalgan mazkur ikki guruhni xavfsizlikka jiddiy tahdid deb biladi.

Avval xabar berganimizdek, Turkiya Qurolli kuchlari Istanbul teraktiga javoban, Iroq va Suriya shimolidagi jangarilar bazalarini yo‘q qilish maqsadida 2022 yil 20 noyabr tunida ham «Panja Qilich» (Pençe Kiliç) havo operatsiyasini o‘tkazgan edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya razvedka idorasi: Istanbul terakti tashkilotchisi yo‘q qilindi