Gulnora Karimovaning mulklari haqida yangi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

1 daqiqa o'qish745
Gulnora Karimovaning mulklari haqida yangi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

BBC nashri «Gulnora Karimova: O‘zbekiston sobiq prezidentining qizi 200 million funt sterlinglik mulk imperiyasini qanday qurdi?»(Gulnara Karimova: How Uzbek president's daughter built a £200m property empire) nomli material e’lon qildi.

Nashrning yozishicha,  Karimova turli firmalar orqali Buyuk Britaniya, BAA, Shveytsariya, Fransiya va Gongkongda taxminan 240 mln dollarlik kamida 14 ta ko‘chmas mulk sotib olgan.

Buyuk Britaniyada esa umumiy qiymati 50 mln funtlik 5 ta obyekt Gulnora Karimovaga aloqador kompaniyalarga tegishli bo‘lgan. Londonning nufuzli kvartalida 3 ta kvartira, bitta qasr va yana bitta uyi bo‘lgan.

Gulnora Karimova ikkita kvartirasini 2013 yilda sotishga ulgurgan, qolgan obyektlar esa 2017 yilda Britaniya hukumati tomonidan muzlatilgan.

Maqolada Karimovaning shubhali pullar evaziga uylar xarid qilganiga sharoit yaratib berganlar ham keskin tanqid qilinadi. Ammo uning ishlariga hissa qo‘shganlar ushlangani yoki tergov qilingani borasida ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, adliya vazirligi o‘tgan yili o‘tkazgan matbuot anjumanida Gulnora Karimova olib chiqib ketgan aktivlarining eng ko‘pi Shveytsariyada ekani ma’lum qilingandi. Undirilishi lozim bo‘lgan jami summa taqriban 686 million AQSH dollarga teng.

Buyuk Britaniya ushbu ro‘yxatda to‘rtinchi pog‘onani egallagan. O‘shanda 10 million funt sterling miqdoridagi mablag‘lar  va 3 ta ko‘chmas mulkning taqdiri Londonning Oliy sudida ko‘rib chiqish jarayonida ekani ma’lum qilingan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?