19:54 / 30.03.2023
637

Neymar onlayn kazinoda millionlarni havoga uchirib, efirda yig‘lab yubordi

Neymar onlayn kazinoda millionlarni havoga uchirib, efirda yig‘lab yubordi
Ayni damda, jarohat olgani sababli katta futboldan chetda qolgan Neymar shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda to‘xtovsiz ko‘rinish bermoqda. Fevral oyi oxirlarida jarohat olgani bois, futbolchi operatsiya stoliga yotishga majbur bo‘lgani yodingizdan ko‘tarilmagani aniq.
 
Hozir vaqtini chog‘ o‘tkazish bilan band bo‘layotgan futbolchi strimlaridan birida shov-shuv ko‘tardi. Uni yaxshi biladigan yaqinlari bu braziliyalikning eng ojiz nuqtasi ekanligini, Neymar ko‘pincha katta summalarni boy berishini ko‘p bor ta’kidlagan. O‘sha kuni ham bu voqea takrorlandi, biroq bu safar macshtab kattaroq bo‘lib chiqdi.
 
E’tiborlisi, futbolchi strim boshlaganiga 2 soat bo‘lmasidan turib, 1 million yevro yutqazib qo‘ydi. Uning bu holatga bildirgan reaksiyasi esa, darrov memlarga aylandi. Biroz rol ijro etgach, keyin hujumchi maza qilib raqsga tushdi. Uning 1 million yevroni bu qadar osonlik bilan havoga uchirganini ko‘rgan strimda uni tomosha qilayotganlar shok bo‘lgani aniq.
 
PSJ forvardi esa, o‘z omadsizligini ustidan kulib, onlayn Kazinoni tark etgani yo‘q. Bu voqea ko‘p o‘tmay, oav tomonidan juda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Parij klubi ishqibozlari futbolchining adresiga haqoratli so‘zlarni yog‘dirib tashladi. Agar futbolchining maoshini hisoblasak,u 2 soatda yo‘qotgan 1 million yevro pulni 5-6 kunda ishlab topishga qodir. Bu, Neymar Junior uchun deyarli sezilmay ketgan xarajatdek gap.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo