Olimlar narvalning 3 metrlik “shoxi” sirini ochdi

Arktikada yashaydigan narvalni ko‘pchilik «dengiz yakka shoxi» deb ataydi. Sababi uning boshidan chiqib turadigan uzun tishi bor. Bu tish ba’zan 3 metrgacha o‘sadi.
Yaqinda olimlar uni maxsus rentgen texnologiyasi yordamida o‘rganib, qiziq kashfiyot qildi. Ma’lum bo‘lishicha, tishning tashqi qismi bir tomonga, ichki qismi esa qarama-qarshi tomonga spiral shaklida aylanib borar ekan.

Olimlarning fikricha, ana shu ikki xil yo‘nalishdagi tuzilish narvalning uzun tishi to‘g‘ri va mustahkam o‘sishiga yordam beradi.
Qizig‘i, asrlar oldin odamlar bu tishni haqiqiy yakka shoxning sehrli shoxi deb o‘ylashgan. Endi esa uning ortidagi tabiiy sirlar asta-sekin ochilmoqda.






























Izohlar 0
…