Bollivud qiroli Shohrux Xon O‘zbekistonga kelishi mumkin

Bollivud qiroli Shohrux Xon O‘zbekistonga kelishi mumkin

Bollivudning mashhur aktyori Shohrux Xon O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Hindiston bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tkazilgan hujjatlarni imzolash marosimida ma’lum qildi.

Vazirning aytishicha, ayni paytda Shohrux Xon hamda taniqli hindistonlik prodyuser Karan Johar bilan muzokaralar olib borilmoqda. O‘zbekiston tomoni aktyorning mamlakatimizga kelib, yosh kinoijodkorlar bilan uchrashishi va ular uchun mahorat darslari o‘tkazishini taklif qilgan.

Shuningdek, Shohrux Xon ishtirokida katta maydonda konsert tashkil etish bo‘yicha ham takliflar bildirilgan.

Biroq hozircha bu borada yakuniy kelishuvga erishilmagan. Nazarbekov O‘zbekistonda Shohrux Xonga bo‘lgan qiziqish juda yuqori ekanini ta’kidlab, xalq uni yetti yoshdan yetmish yoshgacha kutishini aytgan.

Vazirning qayd etishicha, agar muzokaralar ijobiy yakunlanib, aniq kelishuvga erishilsa, bu haqda rasman e’lon qilinadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar