Nepalda 6 yoshli qizaloq 3 kundan so‘ng vayronalar orasidan tirik topildi

Nepalning Rasuva tumanida vayronkor toshqinlardan qariyb uch kun o‘tib, 6 yoshli qizaloq loy va chiqindilar orasidan tirik holda qutqarildi. Bu haqda NDTV xabar berdi.
Hodisa Timure qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Bxote-Koshi daryosi toshib ketishi oqibatida hududni suv, loy va turli chiqindilar bosgan. Qutqaruv ishlari davomida xavfsizlik kuchlari vayronalar ostida bolaning ovozini eshitib qolgan. Shundan so‘ng ular zudlik bilan qazish ishlarini boshlab, qizaloqni tirik holda olib chiqqan.
Dastlab unga Timuredagi tibbiy punktida yordam ko‘rsatilgan. Keyinroq ahvoli sababli Katmanduga olib ketilib, ixtisoslashtirilgan shifoxonada davolanishi ta’minlangan.
Qizaloqning tirik holda qutqarilishi halokatli toshqinlardan keyingi qidiruv ishlarida quvonarli voqea bo‘ldi. Muzlik qulashi ortidan kelib chiqqan toshqin va ko‘chkilar natijasida har ikki davlat hududida katta vayronagarchilik yuzaga kelgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari hali ham davom etmoqda.






























Izohlar 0
…