06:38 / 02.05.2023
247

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralar tutashgan nuqtalarni muhokama qildi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralar tutashgan nuqtalarni muhokama qildi
Foto: Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
25-29 aprel kunlari Qirg‘izistonning Batken shahrida Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
 
Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatining xabar berishicha, muzokaralarda uchta davlat chegaralari kesishgan nuqtalarga aniqlik kiritish masalasi bo‘yicha fikr almashilgan.
 
Uchrashuvlar do‘stlik va o‘zaro tushunish ruhida o‘tdi”, – deyiladi xabarda.
 
Qo‘shimcha qilinishicha, keyingi uchrashuv Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi.
 
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil noyabr oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari chegara bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi, shundan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasida chegara masalasida hech qanday kelishmovchilikka o‘rin qolmagani e’lon qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston-Tojikiston chegarasining katta qismi 2018 yil 9 martdagi shartnoma asosida delimitatsiya qilingan. Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara masalalarini hal qilish bo‘yicha esa jiddiy siljish kuzatilmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralar tutashgan nuqtalarni muhokama qildi