Erdog‘an islom davlatlarini Isroilga bosimni kuchaytirishga chaqirdi

1 daqiqa o'qish3
Erdog‘an islom davlatlarini Isroilga bosimni kuchaytirishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an islom davlatlarini Isroilga nisbatan bosimni kuchaytirish va G‘azo aholisiga gumanitar yordamni oshirishga chaqirdi. Shuningdek, u Turkiya G‘azoga vaqtincha boshpana sifatida foydalanish uchun konteynerlar yuborishga tayyorligini bildirdi.

Erdog‘an bu haqda 18 noyabr kuni Adolat va taraqqiyot partiyasining parlament fraksiyasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

Turkiya rahbari G‘azoda tinch aholi, ayniqsa, bolalar og‘ir sharoitda yashayotganini ta’kidlab, musulmon davlatlari faqat boshqalarning harakatlariga tayanib qolmasligi kerakligini aytdi.

«Biz, musulmonlar harakat qilishimiz va Isroilga nisbatan yanada kuchliroq bosim o‘tkazilishini ta’minlashimiz lozim. Qish sharoitlari og‘irlashishidan oldin G‘azoga ko‘proq gumanitar yordam yetkazishimiz shart», — dedi u.

Erdog‘an G‘azoda bolalarning boshpanasiz, sovuq va yomg‘ir ostida qolayotganini qayd etib, bu holatga befarq qarab bo‘lmasligini bildirdi.

«Biz G‘azodagi birodarlarimiz va opa-singillarimizga vaqtincha joylashtirish uchun konteynerlar yuborishga tayyormiz», — deya ta’kidladi Turkiya prezidenti.

U, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning munosabatidan qat’i nazar, Turkiya G‘azodagi vaziyat haqida gapirishda va falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?