Enn Xeteuey uchinchi bor ona bo‘ldi (foto)

Gollivud aktrisasi Enn Xeteuey va uning turmush o‘rtog‘i Adam Shulman uchinchi farzandli bo‘ldi. Chaqaloqning ismi va tug‘ilgan aniq sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.
TMZ nashri 17 noyabr kuni 44 yoshli aktrisaning Nyu-York ko‘chalarida yangi tug‘ilgan chaqalog‘i bilan sayr qilayotgan aks etgan suratlarini e’lon qildi. Keyinchalik PEOPLE nashri ham juftlikning uchinchi farzandi dunyoga kelganini tasdiqladi. Biroq Xeteuey va uning turmush o‘rtog‘i bu haqda hozircha rasmiy bayonot bermagan.
Chaqaloqning jinsi haqida ham rasmiy ma’lumot yo‘q. Ammo «Iblis Prada kiyadi» filmining kostyumlar bo‘yicha dizayneri Molli Rojers ijtimoiy tarmoqda aktrisani qiz farzandli bo‘lgani bilan tabriklagan. Shunga qaramay, bu ma’lumotni Xeteuey yoki uning turmush o‘rtog‘i hozircha tasdiqlamagan.
Aktrisa 2026 yil 19 iyun kuni Instagram sahifasidagi videosi orqali uchinchi farzandiga homilador ekanini ma’lum qilgan edi. Homiladorlik davrida ham u «Odisseya», «The End of Oak Street» («Ouk-stritning oxiri») va «Verity» («Haqiqat») filmlarining targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Enn Xeteuey va Adam Shulman 2012 yilda turmush qurgan. Ularning Jonatan ismli 10 yoshli va Jek ismli 6 yoshli ikki o‘g‘li bor. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bilan birga oiladagi farzandlar soni uch nafarga yetdi.

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…