O‘zbekistonda ilk kichik atom reaktori qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qurilayotgan atom elektr stansiyasining birinchi kichik quvvatli reaktorini 2029 yil oxiri — 2030 yil boshida texnik ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmadxo‘jayev ma’lum qildi.
Uning “Izvestiya” nashriga aytishicha, 2026 yil oxirigacha birinchi kichik quvvatli energoblok poydevorini qurish ishlari yakunlanishi, shundan so‘ng reaktor binosini barpo etish boshlanishi kutilmoqda.
Ta’kidlash joiz, Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan integratsiyalashgan AES loyihasi ikkita kichik va ikkita yirik quvvatli energoblokni o‘z ichiga oladi. Hozircha 2029–2030 yillarga mo‘ljallangan muddat aynan birinchi kichik quvvatli reaktorning texnik ishga tushirilishiga taalluqli. Birinchi yirik quvvatli energoblokni esa 2033 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.
“O‘zatom” rahbarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston kelgusida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham atom energetikasi mutaxassislarini tayyorlaydigan mintaqaviy markazga aylanishni maqsad qilgan.
Bu yo‘nalishda 2019 yilda Toshkentda Rossiya Milliy tadqiqot yadro universiteti — MIFI filiali ochilgan. Azim Ahmadxo‘jayevning ma’lumot berishicha, shu vaqtgacha mazkur oliygohda 215 nafar mutaxassis tayyorlangan. Kelajakda shakllangan bilim va tajribani qo‘shni davlatlar bilan ham bo‘lishish rejalashtirilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…