![«Ukrainaning bir qismi qadimiy Vengriya diyori» - Vengriya Bosh vaziri](/uploads/posts/2023-05/6gmaopt7ao3g99hjk6nzjtqrtbtufnjr.jpg)
Foto: Zoltan Fisher
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaning bir qismini qadimgi Vengriya diyori deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sababli Budapesht u yerda tinchlik o‘rnatilishidan ikki karra manfaatdor. Bu haqda u 5 may kuni Kossuth radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Ukrainaning yo‘qotishlari – bizning yo‘qotishlarimiz. Biz gullab-yashnayotgan Ukraina bilan qo‘shni bo‘lishdan manfaatdormiz. U yerda vengerlar ham yashaydi. Ukrainaning bir qismi – qadimiy vengerlar yeri. Vengerlar u yerda tub aholi sifatida yashamoqda», dedi u.
Ammo keyinchalik uning Ukraina haqidagi so‘zlari kesib tashlandi va intervyu YouTube tarmog‘iga qisqartirilgan holda yuklandi.
Ukraina haqidagi so‘zlar intervyudan kesib tashlangani haqida mahalliy jurnalist Rita Beno Facebook sahifasida xabar qoldirdi.
Media1 nashri intervyuning qisqartirilganini texnik nosozlik bilan izohladi.
Karpatorti vengerlari hozirgi Ukraina hududida yashovchi milliy ozchiliklardan biridir. Mart oyida Vengriya Ukrainada ozchiliklarning o‘z ona tilidan foydalanish huquqlarini buzuvchi qonunlar mavjud ekan, Ukrainaning NATO a’zosi bo‘lishini bloklashini ta’kidlagan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar