Zelenskiy ofisi Ukrainada tinchlik o‘rnatish shartini aytdi

1 daqiqa o'qish1.2K
Zelenskiy ofisi Ukrainada tinchlik o‘rnatish shartini aytdi
Zelenskiy ofisi Ukrainada tinchlik o‘rnatish shartini aytdi
Foto: Reuters
Ukraina BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Rossiya bilan “tinchlik muzokaralari imkonsizligi” haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.
 
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishning ’Hozir Ukrainada tinchlik o‘rnatishning iloji yo‘q’ degan iborasi bir oz hayratlanarli”, — dedi Podolyak.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar agressorga nihoyat BMT Nizomining tegishli moddalari eslatilsa va birovning hududini tark etish “odob bilan” so‘ralsa, Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi mutlaqo mumkin.
 
Shuningdek, Rossiyani BMT va tashkilot xavfsizlik kengashining bir qismi deb hisoblashni to‘xtatishi kerak. Qolaversa, Kreml o‘z qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishi kerak, dedi siyosatchi.
 
“Hamma narsa ayon bo‘lganida ma’nolar ko‘paytirish va kuchsizlikni oqlashning hojati yo‘q”, — xulosa qildi Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi.
 
Eslatib o‘tamiz, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralari hali ham imkonsiz ekanini va bunga sabab hozirda “har ikki tomon ham g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishonch hosil qilgani”ni aytgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?