
AQSH Davlat departamenti kibertovlamachilikda gumon qilingan rossiyalik Mixail Matveyevni hibsga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot e’lon qildi. Tegishli bayonot departament saytida e’lon qilindi.
Davlat departamentining ta’kidlashicha, Matveyev «AQSH huquq-tartibot idoralari, korxonalari va butun dunyo bo‘ylab muhim infratuzilma obyektlariga qarshi qaratilgan to‘lov dasturlari» bilan bog‘liq holatlarga aloqador.
AQSH Moliya vazirligi ham rossiyalikka nisbatan sanksiyalar kiritgan.
Davlat departamenti, shuningdek, Rossiya «kiberjinoyatchilar uchun xavfsiz boshpana»ga aylanganini va to‘lov dasturi orqali xakerlar AQSH va uning hamkorlari va ittifoqchilariga qarshi kiberoperatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan muhit yaratayotganini aytib o‘tgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar