23:46 / 09.06.2023
944

AQSH prezidentligiga nomzod Putin bilan 72 soat ichida kelishuvga erishish rejalarini aytdi

Foto: AP Photo

Amerikalik tadbirkor Vivek Ramasvami agar u AQSH prezidenti etib saylansa, uch kun ichida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan Ukraina konfliktini hal qilish bo‘yicha muzokara olib borishga harakat qilishini aytdi. Bu haqda u Politico’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ramasvamining so‘zlariga ko‘ra, agar Kiyev bu kelishuvga rozi bo‘lmasa, Amerika yordamisiz urushni davom ettiradi. U prezidentlik muddatining boshida Putin bilan uchrashish va unga Ukraina bo‘yicha kelishuvlarga erishish uchun 72 soat vaqt berishini aytdi.

Muzokaralar chog‘ida AQSH Ukrainaga iqtisodiy va harbiy yordamni muzlatib qo‘yadi, shunda Ramasvami rejasiga ko‘ra, “Moskva Vashington niyatlariga ishonishi mumkin”.

“Agar tomonlar kelishuvga erishsa-yu, lekin Kiyev jangni davom ettirishga qaror qilsa, Vashington unga yordam berishni to‘xtatadi”, — deyiladi xabarda.

Agar Rossiya kelishuv shartlarini bajarishdan bosh tortsa, Ukraina zudlik bilan NATOga qabul qilinadi va Rossiya yangi sanksiyalar shaklida “maksimal bosim” ostida qolishi mumkin.

Yevropaliklarni o‘z rejasiga qanday ishontirishi haqida gapirar ekan, Ramasvami “NATO doirasidagi kuchli majburiyatlar”ga ishora qildi, ularga rioya qilinmasa, AQSHning alyansni qo‘llab-quvvatlashini yo‘qotish xavfi bor.

AQSH prezidentligiga nomzodini e’lon qilgan tadbirkor avval ham bu haqda gapirgan. U Vashington Kiyevni konfliktga barham berish uchun Rossiya foydasiga “katta yon bosishga” ishontirishi kerakligi va NATOning kengayishi “maxsus operatsiya” uchun yagona sabab bo‘lganini taʼkidlagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH prezidentligiga nomzod Putin bilan 72 soat ichida kelishuvga erishish rejalarini aytdi
ePN