15:58 / 08.07.2023
245

Germaniyada nohaq ayblanib, 13 yil qamoqda o‘tirgan erkak oqlandi

Foto: DPA

Germaniyada keksa ayolning o‘limida ayblanib, 13 yil qamoqda o‘tirgan erkak qotillik qurboni baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgani aniqlangandan keyin oqlandi.

63 yoshli Manfred Genditski qotillikda aybdor deb topilib, 2010-yilda Myunxen sudi tomonidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. O‘shanda sudyalar ayblanuvchi 2008-yilda Bavariyaning Rottax-Egern shahridagi kvartirada janjallashib 87 yoshli ayolni boshiga urgan, so‘ng vannaga cho‘ktirgan, deb xulosa qilgan.

Ayol yashagan majmuada qorovul bo‘lib ishlagan Genditskiy har doim o‘zining aybsizligini aytib kelgan, uning dastlabki hukm ustidan shikoyati muvaffaqiyatsizlikka uchragan: Federal sud ishni qayta ko‘rib chiqishni buyurgan, natijada u 2012-yilda yana sudlangan.

7-iyul kuni Myunxen shtat sudida hukmni o‘qib eshittirar ekan, sudya Elizabet Erl Genditskiyga shunday dedi: “Siz deyarli 14 yildan beri kutgan so‘zlarni eshitdingiz”.

 Sudya Genditskiy qamoqxonada begunoh o‘tkazgan vaqti uchun kompensatsiya olishi kerakligini aytdi.

Mutaxassislarning qayta o‘rganishidan keyin ma’lum bo‘lishicha, ayol kir yoki oyog‘ini yuvish uchun egilganda vannaga yiqilib tushgan, u hushidan ketib, suvdan chiqolmagan.

Germaniyada nohaq qamoqqa olingan shaxslar hibsdagi har bir kuni uchun 75 yevro miqdorida tovon puli olish huquqiga ega. Genditskiy 368 400 yevro olishi kerak. Bundan tashqari, erkak daromadidan ayrilgani uchun kompensatsiya talab qilish huquqiga ega.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada nohaq ayblanib, 13 yil qamoqda o‘tirgan erkak oqlandi
ePN