12:06 / 17.07.2023
269

Qrim ko‘prigida favqulodda holat: harakat to‘xtatildi, huquq-tartibot idoralari voqea joyida ishlamoqda

Qrim ko‘prigida favqulodda holat: harakat to‘xtatildi, huquq-tartibot idoralari voqea joyida ishlamoqda

Qrim rahbari Sergey Aksyonov Qrim ko‘prigida harakatlanish ko‘prikning 145-ustun qismi hududida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat tufayli to‘xtatilganini ma’lum qildi.

RT xabariga ko‘ra, Qrim hukumati favqulodda holat munosabati bilan sayyohlarga yordam beradi.

Aksyonov Qrim ko‘prigi orqali sayohat qilishdan voz kechishga va yangi hududlar orqali muqobil yo‘lni tanlashga chaqirdi.

Shuningdek, Qrim ko‘prigiga kirishdan oldin ko‘p kilometrlik tirbandlik yuzaga kelgani qayd etilgan.

Voqea tafsilotlariga rasman aniqlik kiritilmagan. Qayd etilishicha, voqea joyida huquq-tartibot idoralari va barcha mas’ul xizmatlar ish olib bormoqda.

Ayrim manbalarda yozilishicha, portlash tufayli ko‘prikning qulashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Yana biri jarohat olgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qrim ko‘prigida favqulodda holat: harakat to‘xtatildi, huquq-tartibot idoralari voqea joyida ishlamoqda
ePN