12:15 / 22.07.2023
352

Zelenskiy Qrim ko‘prigini ukrainalik harbiylarning nishoni deb atadi

Foto: “TASS”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi va anneksiya qilingan Qrimni bog‘lovchi Qrim ko‘prigini ukrainalik harbiylar uchun nishon deb bilishini aytdi. Bu haqda Zelenskiy Aspen xavfsizlik forumida so‘zlagan nutqida gapirdi.

“Biz uchun bu qonundan, xalqaro huquq va amaldagi me’yorlardan tashqarida qurilgan dushman inshooti. Shuning uchun bu bizning nishonimiz, tinchlik emas, urushga xizmat qiladigan har qanday nishon esa zararsizlantirilishi kerak”, — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Qrim ko‘prigi “kichik logistika yo‘li” bo‘lib, undan Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga zarba berishda ishlatiladigan o‘q-dorilar olib o‘tmoqda.

17-iyulga o‘tar kechasi Qrim ko‘prigida portlash sodir bo‘ldi, bu keng miqyosli urush boshlanganidan beri ko‘prikda sodir bo‘lgan ikkinchi portlash. Hodisada mashinalardan birida o‘tirgan er-xotin halok bo‘ldi, ularning 14 yoshli qizi yaralandi. Ko‘prikning avtomobil qismi shikastlandi. Uni qayta tiklash uchun, Rossiya rasmiylariga ko‘ra, bir milliard rubl kerak.

Ba’zi OAV manbalarga tayanib, bu Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) va Ukraina harbiy-dengiz kuchlari tomonidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya bo‘lganini xabar qildi, biroq UXX ko‘prikdagi ushbu hujum tafsilotlariga aniqlik kiritmadi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning barcha tegishli xizmatlari va idoralari Qrim ko‘prigidagi portlashdan so‘ng ehtimoliy yangi hujumlarga tayyor ekanini aytdi. U “maxsus harbiy operatsiya”ning maqsadlari orasida Qrim ko‘prigidagi portlashga javob ham bo‘lishini ta’kidladi.

Putin munosabati

Rossiya prezidenti voqeani “Kiyev rejimining terrorchilik harakati” va “ma’nosiz jinoyat” deb atadi va Qrim ko‘prigidan harbiy transport uchun “uzoq vaqtdan beri foydalanilmayotganini” qo‘shimcha qildi.

“Albatta, Rossiyadan javob bo‘ladi. Mudofaa vazirligi tegishli takliflarni tayyorlamoqda”, — dedi Putin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Qrim ko‘prigini ukrainalik harbiylarning nishoni deb atadi
ePN