15:48 / 23.07.2023
482

Xitoy yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Xitoy yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Foto: nature.com

Xitoyning eng yirik shaharlari rasmiylariga pandemiyada karantin uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan dam olish va ko‘ngilochar joylarni qurish orqali kelajakdagi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirish buyurildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Buyruq Xitoy o‘zining kovidni nollashtirish bo‘yicha qat’iy siyosatini tugatganidan bir necha oy o‘tgach berilgan. Shu tariqa shaharlar bo‘ylab “ikki barobar favqulodda holat” deb tasniflanadigan obyektlar quriladi. Oddiy vaqtda ular turizm va ommaviy dam olish uchun ishlatiladi. Biroq, navbatdagi favqulodda vaziyat yuzaga kelganda, ular davolash va karantin markazlari, shuningdek, buyumlarni saqlash joylari sifatida xizmat qiladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Xe Lifenning ta’kidlashicha, yangi obyektlar qurilishi mamlakatning mutanosib rivojlanishi va xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani rivojlantirishning bir qismidir. Buning uchun xususiy kapital jalb qilish rejalashtirilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi
ePN