13:06 / 25.07.2023
385

Turkiyadan Rossiyaga suzayotgan kemadan portlovchi moddalar belgilari aniqlandi

Turkiyadan Rossiyaga suzayotgan kemadan portlovchi moddalar belgilari aniqlandi

Turkiyadan Rossiyaga Kerch bo‘g‘ozi orqali suzib ketayotgan quruq yuk kemasi bortida portlovchi moddalar belgilari aniqlandi. Bu haqda Rossiya Federal xavfchizlik xizmati (FXX) jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar berdi.

“22 iyul kuni Turkiyadan Rostov-Don portiga don yuklash uchun suzgan xorijiy quruq yuk kemasi omboridan dinitrotoluol va tetril portlovchi moddalari belgilari topildi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, mutaxassislar kemaning konstruktiv qismlarida tashqaridan aralashuv belgilarini aniqladilar.
FXX xavfsizlik maqsadida Kerch bo‘g‘ozi orqali Azov dengiziga yo‘l olgan kemalarni tekshirayotganini ma’lum qildi. Razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, may oyi oxirida yuqorida qayd etilgan yuk kemasi Ukrainaning Kiliya portida bo‘lgan. Iyul oyida esa Turkiyaning Tuzla portida Ukrainaning 12 fuqarosidan iborat kema ekipaji butunlay almashtirildi, bundan tashqari, kemaning nomi ham o‘zgartirildi.

“Mazkur holatlar Ukraina hududiga portlovchi moddalarni yetkazib berish uchun xorijiy fuqarolik kemasidan foydalanish imkoniyatidan dalolat berishi mumkin”, — deyiladi xabarda. Natijada yuk kemasining Qrim ko‘prigi ostidan o‘tishi taqiqlandi.

Kiyev rejimining Qrim ko‘prigiga 17 iyulga o‘tar kechasi hujumidan so‘ng Rossiya Turkiya, Ukraina va BMTni Ukrainaning Qora dengizdagi portlaridan don eksport qilish imkonini beruvchi dob bitimini uzaytirishga qarshi ekanliklarini bildirdi. Bu Moskva kema faoliyati xavfsizligi kafolatlarini olib tashlayotganini va Qora dengiz shimoli-g‘arbiy qismidagi dengiz gumanitar koridorini cheklayotganini anglatardi.

Keyinroq Mudofaa vazirligi 20 iyuldan boshlab Qora dengizda Ukraina portlariga suzib ketayotgan barcha kemalar potensial harbiy yuk tashuvchilar, bayroqlari ostida suzayotgan davlatlar esa Kiyev tomonidagi mojaroga aloqador deb hisoblanishi haqida ogohlantirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyadan Rossiyaga suzayotgan kemadan portlovchi moddalar belgilari aniqlandi
ePN