AQSHning Alabama shtatida mahbusni sof azotdan nafas olishga majburlash orqali qatl qilish rejalashtirmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, shtat prokuraturasi mahalliy oliy sudga Kennet Yudjin Smitni qatl qilish sanasini belgilashni so‘rab petitsiya yuborgan. Dastlab, bu odam 2022 yilda in’eksiya yordamida qatl etilishi kerak edi, ammo unga in’eksiya yuborishning imkoni bo‘lmagan.
Natijada, amerikalikni azot gipoksiyasi bilan o‘ldirishga qaror qilindi – u kisloroddan mahrum qilinib, faqat azot bilan nafas oldiriladi. Qayd etilishicha, ushbu turdagi qatl uch shtatda rasman ruxsat etilgan, biroq bungacha hech qachon qo‘llanilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar