Foto: LEWISTON MAINE POLICE DEPARTMENT
AQSHning Men shtatidagi Lyuiston shahrida noma’lum shaxs o‘t ochdi. Kamida 22 kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi haligacha zararsizlantirilmagan.
Shtatning ikkinchi yirik shahri aholisiga xavfsiz joylarda boshpana topish tavsiya etildi.
Politsiya gumonlanuvchining suratini e’lon qildi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqealar «turli joylarda» sodir bo‘lgan.
Foto: ANDROSCOGGIN COUNTY SHERIFF'S OFFICE
Kamida 50 kishi jarohatlangani haqida hali tasdiqlanmagan xabarlar bor.
Men shtati markaziy tibbiyot markazi «ko‘p sonli qurbonlar qayd etilgan katta otishma hodisasi» bo‘yicha ishlayotganini va yaqin atrofdagi boshqa tibbiyot muassasalari bilan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirayotganini bildirdi.
X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Men shtati politsiyasi shunday xabar joylashtirdi: «Lyuistonda faol otishma. Biz aholidan boshpanada qolishlarini so‘raymiz. Iltimos, uylaringizda qoling va eshiklaringizni qulflang».
Shuningdek, politsiya jinoyatchining shaxsini aniqlashda yordam so‘ragan.
Oq uyning bildirishicha, prezident Jo Bayden voqea haqida xabardor qilingan va tezkor ma’lumotlarni olishda davom etadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring