Nyu-Yorkda RM Sotheby's auksionida 1962 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 330 LM/250 GTO rekord darajada, 51,7 million dollarga sotildi, deb xabar beradi Bloomberg.
Scaglietti kuzovli avtomobil auksionda sotilgan eng qimmat Ferrari va 2023 yilda dunyodagi eng qimmat klassik avtomobilga aylandi.
Mashina taxminan 40 yil davomida Ogayo shtatidan bo‘lgan kolleksiyachi Jim Jayegerga tegishli edi. Kimoshdi savdo uyi mashinaning xaridorini oshkor qilmadi.
Rekord bo‘lishiga qaramay, avtomobil narxi kutilganidan past bo‘lgan. Kimoshdi savdosidan oldin RM Sotheby's auksioni avtomobil taxminan 60 million dollarga sotilishini bashorat qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar