Huvaydo Jumayeva birinchi gonorarini nimaga sarflagan va hozirgi kundagi "raqib" san’atkorlari kimlar?

Aktrisa Huvaydo Jumayeva intervyularidan birida san’atdagi ilk qadamlari, birinchi gonorari va o‘ziga "raqib" deb biladigan mashhur aktyorlar haqida gapirdi. Uning ayrim javoblari hazilomuzligi bilan e’tibor tortdi.
Aktrisadan ilk gonorarini nimaga sarflagani so‘ralganida, u uzoq o‘ylab o‘tirmay:
"Mazza qilib ovqatlanganman, chunki shunga yetadigan pul berishgan", — deya javob bergan.
Huvaydo Jumayevaning samimiy javobi suhbatning eng qiziqarli lahzalaridan biriga aylangan.
San’atdagi raqobatchilari haqida so‘ralganda esa aktrisa savolga hazil bilan javob bergan. U o‘zining "raqiblari" sifatida mashhur xorijlik aktyorlarni tilga olgan.
"Mening hozirgi kunda raqobatchilarim Mister Bin, Jim Kerri. Shularni raqobatchi deb bilaman", — degan Huvaydo Jumayeva. Aktrisa san’at yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tganini ham ta’kidlagan. Uning aytishicha, bu davrlar ortda qolgan va hozir ijodining yoqimli bosqichidan bahramand bo‘lmoqda.
"Hozirda rohat degan joyidaman. Endi buyog‘iga mazza qilib ijod qilamiz", — deya ta’kidlagan u.
Huvaydo Jumayevaning samimiy va hazilomuz javoblari uning ijodga bo‘lgan munosabatini ham ko‘rsatib berdi.































Izohlar 0
…