Vengriya hukmron partiyasi Ukrainaning YEIga qabul qilinishiga qarshi chiqdi

1 daqiqa o'qish206
Vengriya hukmron partiyasi Ukrainaning YEIga qabul qilinishiga qarshi chiqdi

Foto: John Thys/AP Photo/picture alliance

Vengriyadagi hukmron partiya «FIDЕS - Vengriya fuqarolik ittifoqi» Yevropa Ittifoqi va Ukraina o‘rtasida uni YEIga qabul qilish bo‘yicha muzokaralar boshlanishiga qarshi chiqdi. 6 dekabr, chorshanba kuni Budapeshtda parlamentga taqdim etilgan rezolyutsiya loyihasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan YEI sammitida ijobiy qarorga qarshi chiqishi kerakligi aytilgan.

FIDЕSga ko‘ra, Yevropa komissiyasining (YEK) Ukraina bilan muzokaralarni boshlash taklifi puxta o‘ylab ko‘rilmagan. Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat rahbarlari orasida Vengriya Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qabul qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash qaroriga to‘sqinlik qilishi mumkinligidan xavotir kuchaymoqda.

Viktor Orban noyabr oyida Kiyev bilan muzokaralarni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik niyatida ekani haqida ogohlantirgan edi. Ijobiy qaror esa Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlati davlat va hukumat rahbarlari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi kerak.

Viktor Orbanning e’tirozlari

Yevropa diplomatlari Orbanning pozitsiyasini bir qancha sabablar bilan izohlayapti. Birinchidan, Vengriya bosh vaziri, Yevropa Ittifoqi boshqa davlatlaridan farqli o‘laroq, o‘z mamlakati energiya ta’minotida katta qaram bo‘lib qolayotgan Rossiya bilan yaqin aloqada. Ikkinchidan, Vengriya Budapeshtdagi o‘ng konservativ hukumatning bir qator sohalarda, shu jumladan adliya sohasida qonunbuzarliklari tufayli Yevropa komissiyasi tomonidan bloklangan ko‘p milliardlik subsidiyalarni to‘lashga erishish uchun Yevropa Ittifoqiga bosimni kuchaytirmoqchi.

Orban, shuningdek, Yevrokomissiya Ukrainaning qabul qilinishi Yevropa Ittifoqi uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini batafsil tahlil qilmaganiga ham ishora qilyapti. Gap yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy oqibatlar haqida bormoqda.

Agar Ukraina Yevropa Ittifoqiga qabul qilinsa, Sharqiy Yevropaning ko‘plab davlatlariga Bryusseldan beriladigan moliyaviy yordam qisqarishi mumkin.

Germaniya kansleri Olaf Shols Germaniya Yevropa komissiyasining Ukraina bilan Yevropa Ittifoqiga a’zolik muzokaralarini boshlash tavsiyasini qo‘llab-quvvatlashini ochiq aytdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?