Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili: O‘zbekiston biznesi ham Rossiyaga asta-sekin kirib kelmoqda

2 daqiqa o'qish145
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili: O‘zbekiston biznesi ham Rossiyaga asta-sekin kirib kelmoqda

Oldin bunday kompaniyalar deyari yo‘q edi, lekin hozir o‘zbekistonlik tadbirkorlar Rossiya biznesining turli sohalarida paydo bo‘lmoqda, dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev Sputnik matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda.

“Agar O‘zbekiston sarmoyasini jalb qilish haqida gapiradigan bo‘lsak, yashirmayman, ular kam, lekin muhimi, bizda ma’lum bir tendensiya kuzatilmoqda. Agar ilgari sizga jasorat bilan ular prinsipial jihatdan mavjud emas deb javob bergan bo‘lsam, endi buni asta-sekin ko‘rib turibmiz. Gap "langar investorlar" haqida ketmayapti, bu yakka tartibdagi tadbirkorlar, lekin ular bunday loyihalarni amalga oshirmoqdalar”, - dedi Zligostev.

Savdo vakilining so‘zlariga ko‘ra, buning yorqin misoli va tasdig‘i qator hududlar bilan yaqin hamkorlikdir. Tatariston 1992 yildan buyon O‘zbekiston bilan hamkorlikda yetakchi hisoblanadi. Boshqa hamkorlar orasida Boshqirdiston va Chelyabinsk ham bor. Ular an’anaviy ravishda savdo sohasida yetakchi hisoblanadi.

“Boshqirdiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda hamkasblar hozirda O‘zbekiston kapitali ishtirokida amalga oshirilayotgan bir qancha loyihalari borligi haqida ma’lumot berishdi. Ulardan eng kattasi Blagoveshensk shahrida – avtotransportlar uchun to‘liq metall gaz ballonlarini ishlab chiqarish loyihasi. Investitsiyalar hajmi bir milliard rublni tashkil etishi va 70 ta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Zavod 2025 yilda ishga tushiriladi va yiliga 50 litrdan 200 litrgacha bo‘lgan 120 ming ballon ishlab chiqaradi. 2024 yil yanvar oyidan boshlab maydon qurilishini boshlash rejalashtirilgan, texnik-iqtisodiy asoslash tasdiqlash bosqichida, smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda”, — dedi Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili.

Bundan tashqari, Boshqirdistonda O‘zbekiston kapitali ishtirokida yana bir loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Mamlakatdagi qurilish jadalligi hisobga olinadigan bo‘lsa, yog‘ochsozlik majmuasi O‘zbekiston tomonida qiziqish uyg‘otmoqda. Gap nafaqat ta’minot, balki ushbu xomashyoni qayta ishlash, respublika hududida qo‘shma mebel korxonalarini tashkil etish haqida ham bormoqda.

O‘zbekistonlik investorlar Tataristonda faner zavodi va u bilan bog‘liq infratuzilmani qurishni rejalashtirmoqda. Umumiy qiymati 235 million rubl bo‘lgan zamonaviy majmuada 100 ta yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 6 ming kub metrgacha faner ishlab chiqariladi.

“Agar chuqurroq o‘rgansangiz, Rossiya Federatsiyasining boshqa hududlarida ham o‘zbekistonlik investorlar ishtirokida ko‘plab tashabbus va loyihalar bo‘lishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Zligostev.

Shuningdek, u O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda hozirda o‘zbek biznesini moliyalashtirishni jalb etishi mumkin bo‘lgan loyihalar jamg‘armasini puxta tayyorlash ishlari olib borilayotganini aytdi. “Haqiqatdan ham bunday loyihalar ko‘p”, — deya qo‘shimcha qildi Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili.

Investitsion loyihalarni ishlab chiqish va O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishidan o‘zaro manfaatdorlikni inobatga olgan holda, mamlakat muhim sarmoyaviy salohiyatga ega va kapital qo‘yilmalarni, jumladan, Rossiya Federatsiyasining sanoat sektoriga ham ko‘paytirish tendensiyasiga ega.

Zligostevning ta’kidlashicha, so‘nggi bir necha yil ichida respublika yalpi ichki mahsuloti va iqtisodiyotining o‘sish ko‘rsatkichlari 5 foizdan oshdi, aholi soni esa yiliga qariyb 1 million kishiga ko‘paymoqda. Xalqaro tuzilmalarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilga kelib uning hududida 50 million kishi istiqomat qiladi. Eng muhimi, aholining 60 foizdan ortig‘ini yosh va faol aholi tashkil etadi. Demak, O‘zbekistonning faol investor sifatida rivojlanishi, yuksalishi va mavqeini mustahkamlashga intilish uchun barcha asoslar mavjud.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?