Tramp “Uyda yolg‘iz 2” filmida rol o‘ynashga uni  qanday ko‘ndirishganini aytib berdi

1 daqiqa o'qish757
Tramp “Uyda yolg‘iz 2” filmida rol o‘ynashga uni  qanday ko‘ndirishganini aytib berdi

AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp 30 yil avval uni “Uyda yolg‘iz 2: Nyu-Yorkda yo‘qolgan bola” filmida epizodik rol o‘ynashga qanday qilib ko‘ndirishganini aytib berdi.

Filmda Tramp bir necha soniya davomida kadrda paydo bo‘ladi: bosh rol ijrochisi Kevin Makkallister (Makoley Kalkin) undan mehmonxona lobbisiga qanday borishni so‘raydi va u yo‘nalishni ko‘rsatib yuboradi.

Tramp “Uyda yolg‘iz 2” filmida rol o‘ynashga uni  qanday ko‘ndirishganini aytib berdi

Foto: “Uyda yolg‘iz 2” filmidan skrinshot

Bir necha kun avval film rejissyori Kris Kolambus o‘z intervyusida Tramp unga tegishli mehmonxonada suratga olishga ruxsat berish uchun unga ham filmda rol berishni shart qilib qo‘yganini aytgan edi.

AQSH sobiq prezidenti esa bunga javoban film prodyuserlari va rejissyorlari undan filmda rol o‘ynashni iltimos qilib so‘rashganini ta’kidladi. 

“Men juda band edim va filmda rol o‘ynashni xohlamadim. Prodyuserlar juda xushmuomala, shu bilan birga qat’iyatli edi. Oxiri men rozi bo‘ldim, qolgani esa tarix”, — deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Tramp “Uyda yolg‘iz 2” filmida rol o‘ynashga uni  qanday ko‘ndirishganini aytib berdi

Foto: “Uyda yolg‘iz 2” filmidan skrinshot

Tramp film hali ham muvaffaqiyat qozonayotganini, ayniqsa Rojdestvo bayrami arafasida, odamlar uni televizorda ko‘rganlarida unga qo‘ng‘iroq qilishlarini ta’kidladi. U rejissyor Kolambus Tramp bu rolni shantaj orqali olganini aytganidan jahli chiqqanini ta’kidladi.

“Bu haqiqatdan uzoq gap”, — deb yozdi siyosatchi.

“O‘sha kameo filmning muvaffaqiyatiga yordam berdi. Lekin agar ular meni rolga qo‘yishni xohlamay, bu ishni majburan qilgan bo‘lsalar, nega men chiqqan sahnani filmda qoldirib, uni 30 yildan ortiq saqlab kelishmoqda? Chunki men bu filmga zo‘r tushganman va hozir ham shundayman”, — dedi Donald Tramp.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?