11:25 / 18.01.2024
252

O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi mavsumiy ishga jalb qilinadi

O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi mavsumiy ishga jalb qilinadi

Foto: Dunyo AA

O‘zbekistonning Oqtov shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsuli Otabek Tursinbekov Mang‘istau viloyati oqsoqollar kengashi raisi Onaybek Abdilov, «Tulepov» dehqon xo‘jaligi rahbari Bauirjan Tulepov va «Paxtakor» o‘zbek etnomadaniy birlashmasi rahbari Rustam Tillaboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida o‘zaro hamkorlik va do‘stona munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini Mang‘istau viloyatidagi «Tulepov» dehqon xo‘jaligi hududida vaqtincha ishga jalb etish xususida fikr almashildi. Dehqon xo‘jaligi rahbari Bauirjan Tulepov dastlabki bosqichda 100 nafar kishini mavsumiyga ishga joylashtirish imkoniyati mavjudligini bildirdi.

Tomonlar, shuningdek, bandlik shartlari va ushbu masalaning huquqiy jihatlarini ham ko‘rib chiqdi.

Suhbat davomida «Paxtakor» etnomadaniy birlashmasi bilan 2024 yilga mo‘ljallangan madaniy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo