Ukraina Vengriya bilan bir necha hafta davom etgan qizg‘in muzokaralardan so‘ng Yevropa Ittifoqidan 50 milliard yevrolik yordam oladi. Vengriya bosh vaziri Orban Bryussel bilan ziddiyat tufayli bu qarorga veto qo‘ygan edi. Yevropa Ittifoqi ikkita murosaga kelishib oldi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
“Yevroittifoq budjetidan 50 milliard yevro miqdorida uzoq muddatli yordam ko‘rsatishga kelishib olindi, buni barcha 27 davlat rahbarlari ma’qulladi. Bu Ukraina uchun barqaror, uzoq muddatli moliyalashtirish imkonini beradi. Yevropa Ittifoqi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda yetakchilik va mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Biz nima xavf ostida ekanini bilamiz”, — deydi Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel.
Ovoz berishdan oldin Yevropa Ittifoqi rahbariyati va mamlakat rahbarlari Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirokida maslahatlashuvlar o‘tkazgan. Reuters xabariga ko‘ra, ular siyosatchiga bosimni kuchaytirib, uni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda pozitsiya tanlashni taklif qilgan.
Orbanning o‘zi sammitga kelganida jurnalistlar bilan gaplashmagan va keyinchalik Fransiya, Germaniya, Italiya rahbarlari va Yevropa Ittifoqining yuqori martabali amaldorlari bilan “tasodifiy ertalabki suhbat” o‘tkazgan. Orban rasmiy ovoz berish uchun zalda hozir bo‘lgan.
Yevropa Ittifoqi ikki murosaga kelishib oldi, deb yozadi Guardian: ikki yildan keyin Yevropa komissiyasi xarajatlarni o‘rganadi va qonun ustuvorligi mexanizmi bo‘yicha “qo‘shimcha chora” qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi