
Foto: Google Images
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kossuth radiosi orqali Yevropa Ittifoqi budjetidan ajratiladigan 50 milliard yevro Ukrainani qurollantirishga emas, balki uning iqtisodiyotini tiklashga sarflanishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina iqtisodiyoti hozirda barbod bo‘lgan.
“Bryusseldagi yig‘ilishda hamma narsa tinchlik atrofida bo‘lishi kerak, avvalo, o‘t ochishni to‘xtatish, keyin esa tinchlik muzokaralari uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirish kerak”, — dedi Vengriya bosh vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar va YEI Ukrainani moliyalashtirmasa, unda “hammasi tamom bo‘ladi”, chunki mamlakatda “nafaqalar, maoshlar, shifoxonalar — umuman hech narsa” bo‘lmaydi.
Fevral boshida Viktor Orban Vengriya Yevropa Ittifoqi davlatlaridan o‘ziga mo‘ljallangan va keyinchalik muzlatilgan mablag‘lar Ukrainaga yuborilmasligi haqida kafolat olganini aytgan edi. Hozirda Vengriya uchun mo‘ljallangan 30 milliard yevrodan ortiq mablag‘ Yevropa Ittifoqi hisoblarida muzlatilgan holda turibdi.
YEI 2023 yil dekabrida Vengriyaga mablag‘ ajratishdan bosh tortgani sababli Viktor Orban Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida yordam ajratish qaroriga veto qo‘ydi. 1 fevral kuni YEI a’zolari Ukrainaga mablag‘ ajratish bo‘yicha kelishib oldilar, biroq YEI Vengriya uchun mablag‘ ajratishdan yana bosh tortdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar