Vankuverdagi Britaniya Kolumbiyasi universiteti talabasi Tim Chen shahardagi ijara haqi narxlari oshgani uchun ona shahridan o‘qishga qatnashga qaror qildi. Ilgari talaba o‘z universiteti joylashgan Vankuverda uyni ijaraga olgan bo‘lsa, hozirda universitetga haftasiga ikki marta samolyotda borib keladi. Bu haqda CTV xabar bermoqda.
Tim talabalikning uch yilini Vankuverda o‘tkazdi va ta’tildan keyin kuzda qaytib kelgach, ijaraga pul sarflamaslikka qaror qildi.
“Ko‘chmas mulk va ijara narxlarining oshganini ko‘rib xayron qolgan edim! Ijara oyiga 2-2,5 ming dollar turadi, bunga esa mening imkoniyatim yetmaydi”, — deydi yigit.
Foto: CTV news
So‘ng Tim Chen ota-onasi bilan Kalgari shahrida qolishga va yig‘gan puliga muntazam ravishda Vankuverga samolyot chiptalarini sotib olishga qaror qildi. U haftasiga ikki marta uch soatlik mashg‘ulotlarga keladi va bir marta borib-kelish chiptasi unga 150 dollarga tushadi. Oyiga jami 1,2 ming dollar pul sarflanadi.
“Parvoz bir soat va qirq daqiqa vaqtni oladi. Bu xuddi avtobusda borib kelgandek vaqtdir”, — dedi Tim. Yigit o‘quv yilining oxirigacha shunday tartibda o‘qishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?