Foto: Kyodo News
Katta yettilikka a’zo davlatlar Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga yetkazilgan zararni to‘lamaguncha o‘z yurisdiksiyalarida ushlab turish niyatida. Bu haqda G7 davlatlarining tashqi ishlar vazirlari 17 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida bergan ma’lumotlariga tayanib, Deutche Welle xabar berdi.
Bayonotga ko‘ra, G7 a’zolari Ukrainaga Rossiya Federatsiyasidan o‘zlarining huquqiy tizimlari va xalqaro huquqlarga muvofiq tovon puli olishda yordam berishning barcha mumkin bo‘lgan usullarini o‘rganishda davom etadi. Yevropa Ittifoqi kengashi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bilan yordam berishga ruxsat berdi. 12 fevral kuni Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan Ukraina foydalanishi uchun huquqiy asos yaratuvchi rezolyutsiyani tasdiqlagan edi. Hujjat Rossiya Markaziy bankining Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llanilgan cheklash choralari oqibatida muzlatilgan aktivlar va rezervlarga ega qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi majburiyatlariga aniqlik kiritadi.
Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Bryussel Moskvaga qarshi bir qancha sanksiyalar paketini joriy qilgan. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqidagi cheklovlar doirasida Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining 200 milliard yevrodan ortiq aktivlari bloklangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi