Alabamada 5 kishi otib o‘ldirildi


AQShning Alabama shtati, Mobil grafligida besh kishi otib o‘ldirilgan, deb “TASS” xabar beradi.
Halok bo‘lganlar orasida homilador ayol ham bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda. “Alabama.com” internet nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, gumonlanuvchi shaxs Grin grafligida qo‘lga olingan. Hozirda jinoyatning sabablari ma’lum qilinganicha yo‘q. Fojia sodir etilgan joyda politsiya xodimlari o‘rganishda davom etmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…