Hindistonda dahshatli avtohalokat yuz berdi
1 daqiqa o'qish6.7K


Hindistonda Haydarobod shahridan Kakinada shahriga qatnovni amalga oshirayotgan shaharlararo yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab ketib, tomi bilan ag‘darilib ketgan. Bu haqda "The Hindu" nashriga asoslangan holda "Kun" xabar berdi.
Oqibatda kamida 8 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 18 nafar yo‘lovchi jarohatlangan.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, avtobus belgilangan tezlikka rioya etmagani sabab, ko‘prik to‘sinini urib, kanalga tushib ketgan.
Voqeaga guvoh bo‘lgan baliqchilar politsiyasiga qo‘ng‘iroq qilishgan.
Hozirgi vaqtda, qutqaruvchilar jiddiy shikastlangan bo‘lgan avtobus ichida qolib ketganlarni olib chiqishga urinmoqda.
- #Haydarobod
- #Kakinada
- #Shaharlararo Yo‘lovchi
- #Avtobus Qatnovi
- #Ko‘prik Qulash
- #Tomi Ag‘darilish
- #Hindiston
- #Transport Hodisasi
- #Yoqilgi Bilan Ta'minlash
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…