Hindistondagi mehmonxonada qonunga xilof faoliyat aniqlandi: o‘zbekistonlik ayol ham qutqarildi

Hindistondagi mehmonxonada qonunga xilof faoliyat aniqlandi: o‘zbekistonlik ayol ham qutqarildi

Hindistonning Haydarobod shahrida politsiya odam savdosiga qarshi kurash bo‘linmasi bilan birgalikda mehmonxonalardan birida reyd o‘tkazdi. Natijada noqonuniy faoliyat bilan bog‘liq holat aniqlanib, bir necha nafar xorijlik ayol qutqarildi.

The Hans India nashrining xabar berishicha, politsiya Rammoxan Reddi va Nixil ismli ikki erkakni qo‘lga olgan. Ular mehmonxonadan xonalar olib, noqonuniy faoliyatni tashkil qilish va turli shtatlardan mijozlarni jalb etishda gumonlanmoqda.

Dastlabki xabarlarda qutqarilgan ayollarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilgan. Biroq keyinchalik O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi va mahalliy politsiya o‘tkazgan tekshiruv natijasida ular orasida faqat bir nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi aniqlashtirildi.

O‘zbekiston fuqarosining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida elchixona Haydarobod politsiyasi bilan aloqa o‘rnatgan. Ayol shaharning Kukatpalli hududidagi ijtimoiy xizmatlar muassasasiga joylashtirilgan. Hozirda uni O‘zbekistonga qaytarish masalasi ustida ish olib borilmoqda.

Hodisa yuzasidan Hindiston qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar