23:43 / 24.02.2024
216

Olimlar 384 ta ilonning zahriga qarshi preparat yaratdi

Olimlar 384 ta ilonning zahriga qarshi preparat yaratdi
Foto: Getty Images
Xalqaro olimlar jamoasi 384 turdagi ilonlarning zahriga qarshi universal preparat yaratdi. Tadqiqot natijalari Science Translational Medicine jurnalida chop etildi.

Preparat AQSH, Buyuk Britaniya va Hindiston biologlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, eng xavfli ilonlarning (ular orasida qirol kobra va qora mamba bor) zahrini zararsizlantirishga qodir. Mutaxassislar ilon zahri tarkibidagi oqsillarni o‘rganish natijasida falajga olib keladigan toksinni aniqlagan.

Shundan keyin ular toksinga aloqador va uning ta’sirini kamaytiruvchi 50 milliard antitela haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan kutubxonani o‘rganib chiqqan. Laboratoriya sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgan: ilon zahriga qarshi ineksiya qilingan sichqonlar hatto eng xavfli ilonlarning chaqishiga ham chiday olgan.

Tadqiqotchilarning navbatdagi vazifasi ilon zahri tarkibidagi toksinlarga qarshi antitelalarni topishdir. Agar ish muvaffaqiyatli kechsa, odamlar uchun xavf tug‘diradigan har qanday ilonga universal zaharga qarshi antidot (zaharlar va kimyoviy vositalarning inson yoki hayvon organizmiga toksik ta’sirini oldini oluvchi yoki yo‘q qiluvchi dorilar) yaratish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo