Foto: AP News
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning aytishicha, Ukrainadagi mojaroda vaqt Rossiya foydasiga ishlamoqda. Kiyev va uni qo‘llab-quvvatlayotgan Yevropa davlatlari qiyin ahvolda qolgan. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
Vengriya yetakchisiga ko‘ra, Yevropa davlatlari Ukrainadagi mojaroni o‘zlariga nisbatan tahdid sifatida qabul qilgan. Ular qo‘llayotgan urushda esa vaqt Ukraina foydasiga ishlamayapti. Shuning uchun Orban mojaroni tezda tugatishni taklif qilgan.
"Biz, yevropaliklar, ukrainlar singari urushda mag‘lub bo‘lmoqdamiz. Bu vaziyatdan chiqish yo‘lini bilmaymiz. Mojaroga yechim topish borasida hech qanday tasavvurga ega emasmiz. Bu juda jiddiy muammo", — degan Viktor Orban.
Budapeshtdagi hukumat rahbariga ko‘ra, Vengriya Ukraina mojarosiga Ukrainada yashayotgan 150 mingga yaqin venger aholisining manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashadi. Urushga venger milliy ozchilik qatlamining ham safarbar etilishi hamda ularning halok bo‘lishi Vengriya uchun tashvishlanarli masala.
"Men bu mojaroga na ukrainaliklar, va na Putin nuqtayi nazari bilan qarayman. O‘zgalar fikri meni qiziqtirmaydi. Men o‘z mamlakatim va xalqim manfaatlarini himoya qilaman", — degan Vengriya bosh vaziri. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi