NATO tashkilotining G‘arbiy Bolqondagi birinchi aviabazasi Albaniyada ish boshladi. U Kuchova shahridagi modernizatsiya qilingan harbiy aerodromda joylashgan. Sobiq sovet aviabazasida qiruvchi samolyotlar joylashadi. Shuningdek, u o‘quv poligoni bo‘lib ham xizmat qiladi.
Albaniya bosh vaziri Edi Rama 2005 yildan beri foydalanilmayotgan eski aerodromning modernizatsiya qilinishini olqishladi.
«Ushbu baza G‘arbiy Bolqon mintaqasi xavfsizligiga qo‘shilgan yana bir hissa. Bilamizki, ushbu hududga Rossiyaning imperialistik ambitsiyalari tahdid qilmoqda», dedi u.
Ochilish marosimidan so‘ng aviabazaga to‘rtta qiruvchi samolyot qo‘ndi: Italiyadan ikkitadan F-16 va F-35.
NATO bazani ta’mirlash uchun 50 million yevroga yaqin sarmoya kiritgan, Albaniya hukumati 5 million yevro sarflagan. Albaniya 2009 yildan beri NATO a’zosi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi