Foto: Getty Images
Hozirgi «yashil energetika»ga o‘tish strategiyasi hayotiy qiyinchiliklar tufayli amalda muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Bu haqda Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasi bosh direktori Amin Nosir ma’lum qildi.
Neft giganti rahbarining ta’kidlashicha, qazib olinadigan yoqilg‘iga bo‘lgan talab yaqin yillarda faqat o‘sib boradi.
«Mening taklifim shundan iboratki, biz neft va gazdan bosqichma-bosqich voz kechish haqidagi xayoldan voz kechishimiz va o‘rniga ularga sarmoya kiritishimiz kerak», dedi Nosir Qo‘shma Shtatlarning Hyuston shahridagi CERAWeek energetika konferensiyasida.
Saudi Aramco bosh direktori so‘nggi 20 yil ichida energiya almashinuviga 9,5 trillion dollardan ortiq sarmoya kiritilganiga qaramay, muqobil energiya manbalari uglevodorodlar o‘rnini bosa olmayotganini ta’kidladi. Shamol va quyosh energiyasi hozir jami energiyaning atigi 4 foizini tashkil qiladi, elektromobillar ulushi esa 3 foizdan oshmaydi, deb tushuntirdi u. Shu bilan birga, XXI asr boshidan beri neftga bo‘lgan global talab kuniga 100 million barrelga oshdi, deb qo‘shimcha qildi Nosir.
Shuningdek, u talab dinamikasiga dunyo aholisining 85 foizini tashkil etuvchi, biroq qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishga yo‘naltirilgan barcha investitsiyalarning atigi 5 foizini oladigan rivojlanayotgan mamlakatlar ta’sir qilishini eslatdi. Kompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, asosiy e’tiborni neft va gazdan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, ulardan atmosferaga chiqadigan chiqindilarni kamaytirishga qaratish zarur. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi