Foto: RIA Novosti
Krasnoyarsk o‘lkasida ikkita qamoqxona «optimallashtirish va tejash maqsadida» yopiladi. Bu haqda mintaqadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Mark Denisovning 21 mart, payshanba kuni viloyat qonunchilik assambleyasi sessiyasida taqdim etilgan ma’ruzasida aytilgan.
«Bir tashvishli tendensiyani qayd etaman: MHO (Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi) sharoitida mahkumlar sonining bir martalik katta qisqarishi kimnidir yuqoriga penitensiar muassasalarni yopish zarurligi haqida xabar berishga undadi. Bu yil bizning mintaqamizda bir qator muassasalar yopiladi. Eng mashhurlari Areyskiy va Gromadskdagi muassasalardir», - deya Denisovdan iqtibos keltiradi «Kommersant» gazetasi.
Rossiya Federatsiyasi qamoqxonalari ma’lumotnomasiga ko‘ra, Uyar tumanidagi Gromadsk qishlog‘ida IK-16 umumiy rejimli erkaklar axloq tuzatish koloniyasi va Yemelyanovskiy tumani Areyskiy qishlog‘ida IK-7 erkaklar uchun qattiq tartibli koloniya mavjud. Mark Denisovning so‘zlariga ko‘ra, qamoqxonalarni yopish maqsadga muvofiq emas, chunki «hamma narsa normal holatga qaytadi, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi o‘zgarmagan».
2024 yil yanvar oyida Jinoyat qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (QQJ) hisobot e’lon qildi, unda Ukrainadan qaytgan ba’zi afv etilgan o‘ta xavfli jinoyatchilar yana og‘ir zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etayotgani, bu esa jamiyatda keskinlik kuchayishiga olib kelishi aytilgan. Rossiya prezidentining maxfiy farmonlari bilan Ukrainaga qarshi urushda qatnashganidan keyin sudlanganlarning afv etilishi ham qurbonlar, ham boshqa fuqarolar huquqlarini poymol qiladi, deya ta’kidladi hisobot mualliflari.
Ukrainada jang qilgan mahkumlarni afv etish
2023 yil noyabr oyida «Agentstvo» internet nashri surishtiruvni e’lon qildi, unga ko‘ra, o‘sha vaqtga qadar Rossiya rahbariyati shov-shuvli qotilliklarni sodir etgan va Ukrainaga qarshi jangga borishga rozi bo‘lgan kamida 17 kishini afv etgan.
Ayni paytda, «Verstka» nashri hisob-kitobiga ko‘ra, 2023 yilda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tarkibida Ukrainadagi janglarda qatnashgani uchun afv etilgan sobiq mahkumlarga nisbatan 200 ga yaqin jinoiy ish ochilgan. Ishlarning aksariyati o‘g‘irlik va talonchilik moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.
19 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi qonun loyihalarini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjatlarda Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga, shuningdek, harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartishlar kiritilmoqda. Yengillik uncha katta bo‘lmagan yoki o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyat sodir etgan va tergov yoki sudda bo‘lganlarga, shuningdek, sudlanganlarga nisbatan qo‘llanadi.
Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzilsa, gumon qilinuvchi shaxslarning jinoyat ishi to‘xtatiladi, real muddatga hukm qilinganlar jazosi esa shartliga almashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)
Ukraina dronlari va raketalari Rossiyaning uch hududiga hujum qildi
AQSh Grenlandiyani sotib olish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqdi
Jo Bayden yakuniy nutqida nimalar dedi?
Slovakiya bosh vaziri Zelenskiyni gaz tranziti boʻyicha muzokaralarga taklif qildi