date
views 572

Peskov Zelenskiyning Qrim ko‘prigiga hujum qilish rejasi haqidagi bayonotiga qanday izoh berdi?

Peskov Zelenskiyning Qrim ko‘prigiga hujum qilish rejasi haqidagi bayonotiga qanday izoh berdi?
Foto: Google Images
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Qrim ko‘prigiga hujum qilish rejalari haqidagi bayonotiga izoh berdi. Unga ko‘ra, bu “maxsus harbiy operatsiya boshlanganining to‘g‘riligini isbotlaydi”.

Kiyev rejimi Rossiya infratuzilma obyektlariga qarshi o‘zining tajovuzkor terrorchilik rejalari haqida ochiq gapirmoqda. Bu bilan ular Rossiya prezidenti tomonidan maxsus harbiy operatsiyani boshlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning mutlaq to‘g‘riligi isbotlaydi”, — dedi Peskov.

Zelenskiy nemis media guruhi Axel Springer'ga bergan intervyusida yangi qarshi hujum rejasini e’lon qildi. Bu reja Qrim ko‘prigi va boshqa infratuzilmalarga hujumni o‘z ichiga oladi. Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanovning aytishicha, Qrim ko‘prigi “yaxshi himoyalangan”, biroq Ukraina “bu muammo ustida ishlamoqda”.

Ukraina bir necha bor Qrim ko‘prigiga hujum qilishga uringan. Bunday hujumlar oqibatida ikki marta ko‘prik qisman shikastlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov Zelenskiyning Qrim ko‘prigiga hujum qilish rejasi haqidagi bayonotiga qanday izoh berdi?