Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim”

1 daqiqa o'qish477
Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim”
Foto: Reuters
Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukrainaning omon qolishi va qudrati amerikaliklar uchun ham muhim, biroq Yevropa Ukrainaga AQSHdan ko‘ra ko‘proq yordam berishi kerak deb hisoblaydi.

"Biz Ukrainaning omon qolishi Yevropa uchun muhimroq bo‘lishi kerakligiga qo‘shilamiz, ammo bu biz uchun ham muhim. Okean ajratib turganiga qaramay AQSH Ukrainadagi urush uchun Yevropadan 100 milliard dollar ko‘proq pul sarflayapti", — deb yozgan Tramp.

17 aprel kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson Ukraina, Isroil va Tayvanga yangi yordam bo‘yicha alohida qonun loyihalarini taklif qilgan. Takliflar uchun ovoz berish 20 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Yangi yordam paketi Kiyevga qariyb 60,8 milliard dollar ajratishni, Ukrainaga uzoq masofali ATACMS raketalarini topshirishni, shuningdek, ushbu yordamni taqdim etishda kreditlar tizimiga o‘tishni nazarda tutadi.

Vakillar palatasidan respublikachilarning aksariyati Amerikaning Ukrainaga ko‘proq yordam berishiga qarshi. AQSH prezidenti Jo Bayden tegishli qonun loyihalari Kongressda ma’qullansa, darhol imzolanishiga va’da bergan.

AFP agentligining xabar berishicha, Vashington Ukrainada davom etayotgan urush fonida Yevropa tomonidan Xitoyga bosimni kuchaytirish istagida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?