17:33 / 19.04.2024
817

Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?

Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Dunyodagi eng badavlat insonlardan birining rafiqasini ko‘z oldingizga keltiring. Xayolingizga qimmatbaho liboslar kiygan, tilla va olmos taqinchoqlar taqqan, faqat boylikka qiziqadigan ayol keldi, to‘g‘rimi? Biroq bu fikr har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Masalan, dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi, go‘zal, xayriyachi va inson huquqlari himoyachisi malika Amir al-Tavil shu kabi ayollardan biri hisoblanadi.

Foto: Wday
Malika Amira 1983 yilning 15 noyabr sanasida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tug‘ilgan. U shahardagi maktabni tugatganidan keyin Shveysariya va AQSHda o‘qishini davom ettirdi va ilmiy darajani qo‘lga kiritdi.

Sharq go‘zali o‘zining nafis va zamonaviy uslubi bilan mashhur hamda har bir obrazi bilan muxlislarni hayratda qoldiradi. U tez-tez an’anaviy Saudiya kiyimlari — abaya va hijob kiyadi, biroq baribir g‘arb modasini afzal ko‘radi. Malika kiyinish borasida mablag‘ haqida o‘ylamaydi, shu sababli u istasa Chanel, Dolce & Gabbana'ni afzal ko‘rishi, H&M, Zara brendining liboslarini kiyishi mumkin.

Foto: Wday
Malika Amira 2008 yilda shahzoda Al-Valid bin Talal bilan turmush qurgan. Juftlikning to‘y marosimida dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab mehmonlar ishtirok etdi va ularning har ikkinchisi Forbes ro‘yxatiga kiritilgan edi. Ularning sevgi hikoyasi 2000 yillarda ish bo‘yicha uchrashuvdan boshlangan. Yoshdagi sezilarli farqqa qaramay, juftlik bir-biriga ko‘ngil qo‘ydi va oradan olti yil o‘tib munosabatlarini qonuniylashtirdi. Bu nikoh turli muhokamalarga sabab bo‘ldi va ko‘pchilik ularning ajrashib ketishi haqida gapirdi. Biroq sevishganlar o‘zaro hurmat va bir-biriga bo‘lgan muhabbati haqida ochiq gapirdi.

Foto: Wday
Amira al-Tavil Saudiya Arabistoni jamiyatida o‘zining samimiyligi va nafosati bilan tanilgan nufuzli shaxs. Uning hayoti hamma o‘ylaydigandek oson emas, chunki Amiraning yelkasida yuz minglab insonlarning mas’uliyati yuki bor, shu bilan birga, u o‘z maqomiga va turmush o‘rtog‘ining obro‘siga munosib bo‘lishi kerak. Malika jamoatchilikning hurmatiga shunchaki sazovor bo‘lmagan. Amira o‘zi sevgan ish bilan shug‘ullanadi va insonlarga yordam beradi. Bu esa bir-birini o‘zaro to‘ldiradigan mehnatsevarlik va bag‘rikenglikning timsoli bo‘lsa kerak.

Foto: Wday

Foto: Wday

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?