21:35 / 20.04.2024
254

Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiya yo‘qotishlari haqida yangi raqamlarni oshkor qildi

Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiya yo‘qotishlari haqida yangi raqamlarni oshkor qildi
Foto: The Kyiv Independent
Rossiya Federatsiyasining Ukraina sharqidagi urushda yo‘qotgan askarlari soni yarim millionlik chegaraga yaqinlashdi. Bu haqda The Kyiv Independent nashri ma’lum qildi.

Manbada aytilishicha, Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiya yo‘qotishlari bilan bog‘liq yangi raqamlarni e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Moskva kuchlari 2022 yilning 24 fevralidan beri Ukrainada 458 580 nafar askarini yo‘qotgan.

Shuningdek, Rossiya kuchlari 20 aprel kuni Ukraina frontida kamida 750 nafar askarini yo‘qotgan. Moskvaning kunlik yo‘qotishlari 500-700 nafar askardan iborat ekanligi ma’lum qilingan.

Ukraina tomoni xabariga ko‘ra, Rossiya butun urush davomida 7213 ta tank, 13 873 ta zirhli jangovar mashina, 15 717 ta avtomobil va yonilg‘i sisternalari, 11 678 ta artilleriya tizimlari, 1046 ta ko‘p maqsadli raketa tizimi, 763 ta havo mudofaa tizimi, 348 ta harbiy samolyot, 329 ta vertolyot va 336 ta kemasidan ayrilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiya yo‘qotishlari haqida yangi raqamlarni oshkor qildi